Департамент молодежной политики Оренбургской области
Menu
Rossiyaga kirish
Migratsiya hisobi
Ishlash uchun patent
Rossiyaga kirish
RFga kirish huquqi:
• YeOII (Armaniston, Belorus, Qozog'iston, Qirg'iziston) va Ukraina fuqarosining ichki pasporti;
• xorijiy pasport bo'yicha - qolganlar
Rossiya Federatsiyasiga vizasiz kirish va istiqomat qilish huquqiga ega:
• YeOII (Armaniston, Belorus, Qozog'iston, Qirg'iziston) fuqarolari - har bir 180 kunlik davr uchun 90 kungacha muddatga, yoxud mehnat qilayotgan oila a'zosining istiqomat muddatigacha;
• MDH (O'zbekiston, Tojikiston, Moldova, Ozarbayjon, Ukraina), Abxaziya, Janubiy Osetiya fuqarolari - har bir 180 kunlik davr uchun 90 kungacha muddatga;
• DNR va LNR fuqarolari - 180 kungacha muddatga.
Rossiyaga kirishda sug'urta polisiga ega bo'lishingiz shart. Uni o'z vataningizda yoki Rossiya hududida kirish kunida olishingiz lozim. Rossiyada uni yirik aeroportlar va vokzallr, shuningdek, pochtadagi har qanday sug'urta tashkilotida olishingiz mumkin.
Migratsiya kartasi - BEPUL beriladi va Rossiyaga kirishda to'ldiriladi. Uni o'z pasportingizda ko'r-satilgan ma'lumotlarga asosan lotin yozuvida to'ldirishingiz mumkin.
MUHIM! Migratsiya kartasida kelish maqsadini ko'rsatish lozim, masalan: "Ish", "Shaxsiy", "O'qish" va boshq. 2021 yil 29 dekabrdan boshlab Rossiyaga kirgan kundan 30 kun ichida daktiloskopik ro'yxatdan o'tish (barmoq izlarini olish) va rasmga tushishlari kerak.
Migratsiya hisobi
Migratsiya hisobiga qo'yish muddatlari:
• Belorus va Ukraina fuqarolari uchun - 90 kungacha;
• YeOIIga kiruvchi davlarlar (Armaniston, Qozog'iston va Qirg'iziston) - 30 kun;
• Tojikiston fuqarolari uchun - 15 kun;
• qolganlar (shu jumladan, O'zbekiston fuqarolari) - 7 kun.
MUHIM! Siz qaysi muntaqada yashash va ishlashni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, o'sha mintaqada migratsiya hisobida turing. Buni amalda istiqomat qilish manzili bo'yicha qilish kerak, aks holda Sizni javobgarlikka tortishlari va jarima solishlari mumkin!
Migratsiya hisobiga qo'yishni qabul qiluvchi tomon amalga oshiradi - Sizni o'z manzilgohi bo'yicha jismoniy shaxs yoki Siz ishlashni rejalashtirayotgan tashkilot, ya'ni Sizga uy-joyni ta'minlayotgan shaxs ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.
Migratsiha hisobi uchun zarur hujjatlar:
• pasportning o'zida axborot saqlovchi va chegarani kesib o'tish bo'yicha belgilari bor hamma sa-hifalari;
• migratsiya kartasi nusxasi (Belorusiya fuqarolaridan tashqari);
• ixtiyoriy tibbiy sug'urta polisi;
• uy-joydan foydalanish huquqini beruvchi hujjat nusxasi (masalan, egalik, ijara huquqi hujjati).
Istiqomat manzili bo'yicha migratsiya hisobiga qo'yish uchun murojaat qilish lozim:
• Rossiya IIVning tuman darajasidagi hududiy organlari migratsiya masalalari bo'yicha bo'linmasiga;
• davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ko'pfunksiyali markazlarga;
• Rossiya Pochtasi bo'limlariga.
Migratsiya hisobiga qo'yish uchun zarur:
• Sizning istiqomat manziliga kelganingiz haqida blank-xabarnomani to'ldirish va uni Rossiyaning Orenburg viloyati bo'yicha IIVB Migratsiya masalalari bo'yicha boshqarmasiga yo'naltirish;
• yetib kelish xabarnomasining hujjatni olinganligi haqidagi belgi qo'yilgan uziladigan blankini olish va o'zingizda saqlash.
MUHIM! Vositachilarga murojaat qilmang! Sizga soxta registratsiyani rasmiylashtirishlari mumkin. Kirish va istiqomat rejimi qoidalarini buzilishi uchun - Rossiyadan chiqarib yuborish va 5 yil muddatida kirishga ta'qiq qo'yish bilan 2 mingdan 5 minggacha jarima solishlari mumkin.

Chet el fuqarolari Rossiyada ishlash uchun patentga muhtoj.
O'zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova va Ukraina fuqarolariga ishlash uchun patent rasmiylashtirilishi lozim. U 1 oydan 12 oygacha muddatga beriladi.
Patent Rossiyaning Orenburg viloyati bo'yicha IIVB Migratsiya masalalari bo'yicha boshqarmasida rasmiylashtirladi va faqatgina RFning qaysi mintaqada rasmiylashtirilgan bo'lsa, o'sha mintaqada ishlati-lishi mumkin. Faqatgina patentda ko'rsatilgan mutaxassilik bo'yicha ishlash mumkin.
MUHIM! Patentda ko'rsatilmagan mutaxassislik bo'yicha ishlaganlik uchun 2 mingdan 5 minggacha jarima belgilanishi mumkin.
Muddati: RFga kirish vaqtidan boshlab 30 kun mobaynida, aks holda patentni olish muddatlarini buzganlik uchun 10000 dan 15000 rublgacha jarima solinishi mumkin.
Patentni rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar zarur:
• patentni berish to'g'risida ariza;
• fotosurat (3x4, yaltiramaydigan);
• pasport (+pasport nusxasi);
• migratsiya kartasi - Rossiya Federatsiyasiga kelish maqsadida ishlash ko'rsatilgan holda;
• giyohvanlik va yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaganligini, tasdiqlovchi tibbiy xulosa, shuningdek, OITVning yo'qligini to'g'risidagi sertifikat;
• pullik tibbiy xizmatlarni ko'rsatish bo'yicha shartnoma - xorijiy fuqaro tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish muddati davomida amal qiluvchi;
• rus tilini bilish, Rossiya tarixi va RF qonunchiligini bilishni tasdiqlovchi hujjat (patentni rasmiylashtirish uchun testdan o'tish lozim. Buni mumkin qadar tezroq amalga oshirish tavsiya qilinadi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tish uchun o'quv kurslarini olishga to'g'ri kelishi mumkin).
Patent ariza, zarur hujjatlar berilganidan va hujjatlarni topshirish kunida daktiloskopiyadan (barmoq izlarini olish) o'tilgandan so'ng 10 ish kuni davomida rasmiylashtiriladi. Tayyor patent arizachiga SHAXSAN pasport, shuningdek, bo'nak to'lovi to'langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan so'ng beriladi. 2022 yilda to'lov miqdori 4372 rublni tashkil qiladi. To'lov Rossiya Sberbankining istalgan bo'limida, soliq organi rekviztlari orqali o'tkaziladi. Patentga murojaat qilishdan 3-5 kun oldin to'lovni amalga oshirish tavsiya qilinadi.
MUHIM! Esda saqlang, xorijiy fuqaro RF hududida 90 kundan ortiq vaqt mobaynida uning qonuniy yashashini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirmasdan istiqomat qilsa, unga Rossiyaga kirishga uch yilgacha ta'qiq qo'yiladi. Agar xorijiy fuqaroda mavjud patentning amal qilish muddati cho'zilmasa yoki unga berilgan patent bekor qilinsa, mazkur xorijiy fuqaro Rossiya Federatsiyasida vaqtincha istiqomat qilish muddati tugaganidan so'ng Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketishga majbur.
Foydali maslahatlar
• Rossiyaga kelish chiptasi va qo'nish talonini saqlab qoling;
• Har doimo yoningizda pasport, migratsiya kartasi, registratsiya, to'lov cheklari bilan birgalikda ish-lash uchun patent, amal qiluvchi tibbiy polisni olib yuring;
• Pasportingizning barcha sahifalari, migratsiya kartasi, registratsiya, patent, tibbiy polis, mehnat shartnomasining nusxalarini olib qo'ying.
MUHIM!Migratsiya hisobiga qo'yishda xabarnomaning ikkala qismida, istiqomat manzilini, qabul qiluvchi tomonning shaxsiy ma'lumotlari va o'zingizning shaxsiy ma'lumotlaringizni ko'rsatish lozim. Qabul qiluvchi tomon, agar jismoniy shaxs bo'lsa, blankada imzo qo'yadi. Agar tashkilot bo'lsa - muhr va rahbarning imzosi. Ishga kirgandan so'ng migratsiya hisobini (registratsiya) doimiy ravishda mehnat shartnomasining yoki patentning amal qilish muddatigacha cho'zib boring.
Orenburg shahrida patentni rasmiylashtirish uchun hujjatlar to'plami Rossiya IIV vakolatli tashkiloti FDUT "Pasport-viza xizmati" tomonidan quyidagi manzil bo'yicha amalga oshiriladi: Orenburg sh., 75 liniya/16 liniya ko'chasi, 1/14-uy, telefon 44-78-15, yoki Davlat va munitsipal xizmatlari yagona portalida yozilish orqali (www.gosuslugi.ru).
Patent uchun to'lov har bir to'langan ish oyi tugashidan kamida bir kun oldin amalga oshiriladi. Patent bo'yicha to'lovni 12 oy uchun oldindan to'lash mumkin. Patent uchun to'lov cheklarini, albatta, saqlab qoling.
Patentni olgandan so'ng 2 oy ichida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasining nusxasini Rossiyaning Orenburg viloyati bo'yicha IIVB Migratsiya masalalari bo'yicha boshqamasiga jo'natishingiz kerak.
Patentni yo'qotib qo'ysangiz, Rossiyaning Orenburg viloyati bo'yicha IIVB Migratsiya masalalari bo'yicha boshqamasiga patentning dublikatini olish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Muhim kontaktlar
Rossiyaning Orenburg viloyati bo'yicha IIVB Migratsiya masalalari bo'yicha boshqamasi:
Orenburg sh., Matrosskiy tor ko'chasi, 19-uy
dushanba-juma 9:00 dan 18:00 gacha, tushlik uchun tanaffus 13:00 dan 14:00 gacha