АНО «Содружество народов Евразии»

Департамент молодежной политики Оренбургской области

Mehnat huquqlari

Muhojirlar uchun Rossiyada ishlash

Xalqaro talabalar uchun ish

Xodimning mehnat huquqlari

Mehnat shartnomasi

Agar Siz Rossiyaga daromad olish uchun kelgan bo'lsangiz, o'z huquq va majburiyatlaringizni bilishingiz muhim. Bu Sizga muammolarning oldini olishga yordam beradi.

Mehnat shartnomasini ishlash uchun patentni olgandan so'ng 2 oy davomida tuzish lozim. Aks holda patent bekor qilinadi. Mehnat shartnomasi ikkala tomondan ikki nusxada: xodim va ish beruvchi uchun, imzolanishi lozim.

Unda ko'rsatib o'tiladi:

• xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va pasport ma'lumotlari;

• ish beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, nomi va huquqiy manzili;

• xodimning ixtiyoriy tibbiy sug'urtasi polisi ma'lumotlari;

• xodimning mansabi va mehnat vazifalari;

• ish joyi - tashkilotning amaldagi manzili;

• ishni boshlash sanasi, mehnat kelishuvining amal qilish muddati;

• mehnatga haq to'lash shartlari, ish haqi miqdori, oklad, qo'shimchalar.

Tomonlarning huquq va majburiyatlari

Ish beruvchining majburiyatlari:

• mehnat shartnomasining bir nusxasi xodimga ish beruvchi tomonidan saqlanayotgan nusxada imzo qo'yish uchun beriladi;

• Ish haqini kechiktirish va chegirmalarsiz to'lab berish. To'liq bandlikda bo'lgan xodimning ish haqi miqdori IHMMdan (ish haqining minimal miqdori) kam bo'lmasligi lozim. 2022 yilda IHMM miqdori 13 890 rublga teng;

• ish joyini mehnat xavfsizligi me'yorlariga mos bo'lishini ta'minlash;

• Siz turar joy bilan ta'minlanishingiz holatida - ishlash uchun patent amal qilish muddatiga RF viloyatida vaqtincha istiqomat qilish muddatini cho'zdirish;

• tashkilotda qabul qilingan maxsus qoida va tartib haqida Sizni ogohlantirish. Ish kunining davomiyligi 8 soatdan, ish haftasi esa - 40 soatdan oshmasligi lozim. Ehtimol, hisob-kitob davri uchun normaga rioya qilgan holda ish vaqtini jamlab hisobga olish mumkin. Ish vaqtidan tashqari ish uchun qo'shimcha to'lov belgilanadi;

• xodimning ish haqiga tuman koeffitsienti 1,15 hisoblanadi.

Sizning majburiyatlaringiz:

• mehnat shartnomasi shartlari vijdonan bajarish. Agar xodim o'z mehnat vazifalarini bajarmasa, ish beruvchi yozma ogohlantirish, hayfsan berishi yoki ishdan bo'shatishi mumkin. Mehnat vazifalarini bajarmaslik uchun jarimalar noqonuniy!

• ishdan bo'shash haqida ish beruvchini 14 kun oldin yozma ravishda xabardor qilish;

• mehnat rejimi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

• ish beruvchining mulki va jihozlariga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish;

• odamlar hayoti va sog'lig'iga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan vaziyatlar haqida ish beruvchini xabardor qilish;

• mehnat, tibbiy daftarchalari, ixtiyoriy tibbiy sug'urta polisini rasmiylashtirilishida faol ishtirok etish.

Sizning huquqlaringiz:

• hayot va sog'liq uchun xavfli bo'lgan ishlarni bajarishdan bosh tortish;

3 kunlik muddat ichiga Sizga mehnat shartnomasining nusxasini, hisob-kitob varaqlari, ish haqi to'lovining muddatlari va hajmi to'g'risidagi boshqa ma'lumotnomalarni taqdim qilinishini talab qilish;

• Davlat mehnat inspeksiyasi, Prokuratura va sudga o'z huquqlaringizni himoya qilish uchun murojaat qilish;

• Sizga ish haqi to'lanmaganidan yoki Siz bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan 1 yil muddat ichida sudga murojaat qilish;

• sudga o'z vaqtida murojaat qilish. Xodim o'z huquqlari buzilganini bilganidan so'ng 3 oylik muddat ichida, ishdan bo'shatish borasidagi nizolar bo'yicha esa 1 oylik muddat ichida sudga murojaat qilish;

• ish beruvchi tomonidan ish haqini 2 oydan ortiq muddatga kechiktirish holatida Orenburg viloyati Tergov qo'mitasi organlariga ariza berish;

• mehnat shartnomasi orqali ishlayotgan har bir xodim har yillik puli to'lanadigan ta'tilga (28 ish kunidan kam emas), kasallik varaqasi ochishga va baxtsiz hodisalardan sug'urtalanishga haqli.

Agar Sizning ish haqingizni kechiktirishsa, quyidagilarni tavsiya qilamiz:

15 kundan ortiq muddatga ish haqingizni kechiktirishsa, Siz ish haqingizning kechiktirilishi tufayli ishni to'xtatishingiz haqida ish beruvchiga yozma ariza berishga haqlisiz.

• Ish beruvchiga ish haqi bo'yicha qarzni to'lash haqidagi e'tiroz bilan murojaat qiling. E'tiroz jamoaviy tarzda bo'lishi mumkin. E'tiroz ko'rib chiqilishi vaqtida Sizni ishdan bo'shatishga haqli emas. Ariza berish vaqtida Sizda u olingani to'g'risida imzo yoki qabul qilinish sanasi ko'rsatilgan ish beruvchining muhri bo'lgan nusxasi saqlanishi lozim.

• Agar ish beruvchi e'tirozga javob bermasa, prokuratura yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish lozim. Prokuratura, huquqlari buzilgan xodimlar manfaatida o'zi ham ish beruvchining tekshirishini o'tkazishi, shuningdek, uni ma'muriy javobgarlikka tortishi mumkin. Jamoaviy murojaatlar samaraliroqdir.

• Ish beruvchini qarzini qoplashga Davlat mehnat inspeksiyasi majbur qilishi mumkin. Buning uchun inspeksiyaga mehnat munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ish haqining to'lanmaganligi to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilish lozim.

Sabablari ko'rsatilmagan holda ishdan chetlashtirish ta'qiqlanadi. Ishdan bo'shatish holatida xodimga ishdan bo'shatish haqida buyruqni taqdim etishlari va ishdan bo'shatish haqida yozuv kiritilgan mehnat daftarchasi qaytarilishi lozim. Ish beruvhi xodim ishlagan vaqt uchun ish haqini to'lashga majbur, hattoki ular o'rtasida mehnat shartnomasi tuzilmagan bo'lsa ham.

O'z rahbaringiz ustidan shikoyatni Siz ishlayotgan tashkilotning rahbariga yo'naltirishingiz mumkin. Agar bu yordam bermasa, Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilish mumkin. U yerda maslahat va muammoni hal qilish uchun yordam olish mumkin.

Mehnat huquqlarini himoya qilish uchun sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilishda xodimlar davlat boji va sud xarajatlarini to'lashdan ozod qilinishadi. 50 ming rubldan kam qarzlarni undirish bo'yicha ishlarni tinchlik sudyalari, agar qarz ko'proq bo'lsa - umumiy yurizdiksiya sudlari tomonidan ko'rib chiqiladi.

Foydali maslahatlar

Xalqaro talabalar uchun ish

Kunduzgi shaklda ta'lim olayotgan xorijiy talabalar o'qishdan xoli vaqtda, patent va ruxsatnomalarsiz ishlashlari mumkin. Ish beruvchi bilan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasini tuzish uchun ulardan faqatgina ular mazkur mintaqada ta'lim olishlarini tasdiqlovchi, davlat akkreditatsiyasiga ega oliy o'quv yurti yoki kolledjdan ma'lummotnomani taqdim etishlari lozim.

Muhojirlar uchun maslahatlar

• Rossiya Federatsiyasining chegarasini rasman kesib o'ta turib, migratsiya kartasida kelish maqsadida - ISHni ko'rsating.

Qonuniy ishlang: ishlash uchun patent oling, ish beruvchi bilan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasini tuzing: ish beruvchi Siz bilan shartnoma tuzishga va Sizga uning nusxasini berishga MAJBUR. Ish beruvchi, shuningdek, unda shartnoma bo'yicha 5 kundan ortiq vaqt davomida ishlayotgan har bir xodimga mehnat daftarchasini rasmiylashtirishga majbur.

Vositachilarga murojaat qilmang: ular Sizga soxta hujjatlarni rasmiylashtirishi va Sizdan bepul ishchi kuchi sifatida foydalanishi mumkin.

Ish haqining miqdori va uni to'lash shartlarini aniq kelishib oling: Sizga qaysi ish uchun va aynan qancha to'lashlarini bilishingiz shart. Ish haqi midqori mehnat shartnomasida ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Siz pulni Sizga ochilgan maxsus bank kartasiga, yoxud shaxsan buxgalteriyaga tashrif buyurgan holda, imzo qo'yib, hisob-kitob varag'i orqali olishingiz mumkin. Har qanday pul munosabatlari hujjat bilan tasdiqlanishi lozim..

Imzolayotgan har bir narsani diqqat bilan o'qing, Sizga nusxasini berishlarini talab qiling. Agar Siz ularning mazmuni va shartlari bilan rozi bo'lmasangiz, shartnomalar, xabarnomalar va boshqa hujjatlarni imzolamaslikka haqlisiz.

O'z hujjatlaringizni saqlash uchun ish beruvchiga bermang: Sizdan boshqa hech kim pasportingiz, ishlash uchun patent, sug'urta, mehnat shartnomasining nusxasi va boshqa hujjatlarni saqlab turishi, shuningdek, Sizning harakatlanish erkinligingizni cheklashi, telefoningizni olib qo'yishi va boshqalarga haqli emas. Pasportni olib qo'yish va erkinlikni cheklash - jiddiy jinoyat: bunday holda politsiyaga murojaat qilish lozim!.

To'g'ri keladigan ishni topish uchun gazeta va internetdagi bo'sh ish o'ringlar to'g'risidagi e'lonlardan foydalanish, Mehnat va bandlik markaziga murojaat qilish mumkin. Foydalai axborot manbasi: Bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumot saqlovchi Orenburg viloyati aholisi bandligi xizmati interaktiv portali: szn.orb.ru/vacancy.

Muhim kontaktlar

Orenburg viloyati Mehnat va aholi bandligi vazirligi:

Rossiya Orenburg viloyati bo'yicha IIVB Migratsiya masalalari bo'yicha boshqarmasi:

Rossiya IIV Orenburg viloyati bo'yicha boshqarmasi:

Rossiya IIV FDUK "Pasport-viza xizmati" Orenburg viloyati bo'yicha filiali:

Orenburg sh. Davlat mehnat inspeksiyasi:

Orenburg viloyati Prokuraturasi:

Navbatchi prokuror: