АНО «Содружество народов Евразии»

Департамент молодежной политики Оренбургской области

Rossiyada turar joy

Vaqtincha istiqomat qilishga ruxsatnoma

Doimiy yashash uchun ruxsatnoma

RF fuqaroligi

Vaqtincha istiqomat qilishga ruxsatnoma

VIR - 3 yilga beriladi va xorijiy fuqaroga uning amal qilish muddati davomida chiqishlarsiz RFda istiqomat qilish, patent yoki ishga ruxsatnomasiz rasman ishlash, RF hududida erkin harakatlanish, bepul tibbiy yordam olish, shuningdek, Rossiyada doimiy yashashga ariza berish, keyinchalik fuqarolikni olish huquqini beradi.

VIR uchun kerakli hujjatlar ro'yxati:

• ikkita shaxsiy fotosurat;

• shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

• Rossiyaga viza bilan kirganlar uchun, istiqomat qilish davlatida sudlanganlikning yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma;

• giyohvand emasligi, shiningdek, OITV va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaganligi to'g'risida tibbiy xulosa;

• rus tilini bilishni tasdiqlovchi hujjat, Rossiya tarixi va RF qonunchiligi asoslarini bilish;

• ikki nusxada VIRga ariza (uni oldindan yoki berish joyida to'ldirish mumkin).

VIR berilishi uchun davlat boji - 1600 rubl . VIR berish to'g'risidagi arizani berish jarayonida xorijiy fuqaro majburiy davlat daktiloskopik registratsiyasidan o'tishi kerak.

Hujjatni Rossiya IIVning tuman darajasidagi hududiy organlari migratsiya masalalari bo'yicha bo'linmasida topshirish mumkin.

VIR xorijiy fuqaroga Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan kvota doirasida berilishi mumkin.

Kvota hisobidan tashqari quyidagi xorijiy fuqarolar VIRni olishlari mumkin:

• RSFSR hududida tug'ilgan va o'tmishda SSSR fuqaroligida bo'lgan shaxslar;

• Rossiya Federatsiyasi fuqaroligida bo'lgan va uning hududida doimiy istiqomat qiluvchi ota-onasi, o'g'li yoki qizi bo'lganlar;

• Qrim ASSRdan o'zi yoki qarindoshlari deportatsiya qilingan shaxslar;

• yuqori malakali mutaxassislar va ularning oila a'zolari;

• malakali mutaxassislar kasblari ro'yxatiga kiritilgan kasb bo'yicha Rossiyada kamida 6 oydan beri ishlayotganlar;

• Rossiyada oliy o'quv yurtini kunduzgi tartibda imtiyozli darajada tugatganlar;

• munosabatida RF fuqaroligini olish to'g'risidagi qaror bekor qilinganlar (sud hukmi bilan qabul qilingan qarorlardan tashqari);

• ota-onasi vaqtincha Rossiyada istiqomat qilayotgan voyaga yetmaganlar (ota-onaning vaqtincha yashash muddatiga);

• ota-onasi bilan birga VIR olayotgan voyaga yetmaganlar;

• RF fuqarosi bilan nikohda bo'lganlar;

• RFga investitsiya kiritayotganlar;

• harbiy xizmatni o'tayotganlar;

• xorijda yashovchi vatandoshlar va ularning oila a'zolarini RFga ko'chirish bo'yicha ixtiyoriy davlat dasturning ishtirokchilari;

• SSSRga kirgan davlatning fuqarosi bo'lgan va Rossiyadagi oliy o'quv yurti va o'rta o'quv yurtini bitirgan;

• Qozog'iston, Moldova yoki Ukrainaning fuqarolari;

• Rossiyada fuqaroligi yo'q shaxs guvohnomasini olgan, shuningdek, Ukrainada istiqomat qiluvchi fuqaroligi yo'q shaxslar, Rossiyada qochoq deb tan olingan yoxud vaqtincha boshpana olganlar.

VIR uchun murojaatni ko'rib chiqishda quyidagilarga e'tibor beriladi:

• rus tilini bilish darajasi;

• oliv ma'lumotning borligi;

• RF migratsiya rejimi buzilishlari, ma'muriy huquqbuzarliklarning yo'qligi.

Siz aynan qaysi manzil bo'yicha istiqomat qilishingiz to'g'risidagi ma'lumotni taqdim qilishingiz va so'ngra bu manzil bo'yicha rasman ro'yxatdan o'tishingiz lozim.

Ehtiyot bo'ling - VIRni rasmiylashtirish uchun vositachilarga murojaat qilmang! Ular VIRni berish to'g'risidagi soxta muhrlarni yasashadi. Soxtalashtirish aniqlanganda Sizni hujjatlarni qasddan soxtalashtirishda ayblashlari va 6 oygacha qamoqqa olishlari mumkin - RF fuqaroligini olish yo'li Siz uchun yopilgan bo'ladi!

Rossiyada VIRni olgan xorijiy fuqaro, majbur:

• VIR rasmiylashtirilgan Rossiya hududida istiqomat qilish va ishlash;

• har yili - har bir yashash yili tugashidan so'ng 2 oy ichida (uzrli sabablar bo'lganida 6 oydan kechiktirmasdan) - Rossiya IIV tuman darajasidagi hududiy organi migratsiya masalalari bo'yicha bo'linmasiga o'zining Rossiyada istiqomat qilishini tasdiqlovchi xabarnomani va Rossiyada olinadigan daromadning hajmi va manbasini tasdiqlovchi hujjatlarni berish.

Doimiy yashash uchun ruxsatnoma

DYR - doimiy yashash, qonuniy ishga joylashish, Rossiya ijtimoiy sug'urtalash tizimidan foydalanish, shinungdek, Rossidan erkin chiqib ketish va kirish huquqini bildiruvchi hujjatdir. DYR muddat cheklovisiz beriladi (fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va yuqori malakali mutaxassislardan tashqari).

DYRni olish uchun xorijiy fuqarolar VIR olingandan so'ng Rossiyada qonuniy ravishda bir yildan ortiq istiqomat qilishlari lozim.

VIR olmasdan quyidagi xorijiy fuqarolar DYRni olishlari mumkin:

• RSFSRda tug'ilgan va o'tmishda SSSR fuqaroligiga ega bo'lganlar;

• ota-onalari bilan birga DYR olayotgan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar yoki ota-onalarida DYR bo'lgan bolalar;

• ota-onasi yoki bolalari Rossiya fuqarosi va doimiy ravishda bu yerda istiqomat qiluvchi shaxslar;

• malakali mutaxassislar kasblari ro'yxatiga kiritilgan kasb bo'yicha Rossiyada kamida 6 oydan beri ishlayotgan mutaxassislar;

• Rossiyadagi oliy o'quv yurtini imtiyozli tarzda va kunduzgi shaklda tugatganlar;

• vasiysi Rossiya fuqarosi yoki DYR egasi bo'lgan muomala layoqatiga ega bo'lmaganlar;

• maxsus qo'mita tomonidan rus tili ona tilisi deb tan olinganlar;

• Qrim ASSR hududidan deportatsiya qilingan shaxs yoki uning to'g'ridan-to'g'ri qarindoshi;

• RF fuqaroligi tugatilgan yoki uning munosabatida fuqarolik to'g'risidagi qaror bekor qilingan shaxs.

Ariza bilan birga taqdim etish lozim:

• Mehnat daftarchasi (ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi) yoki shartnoma (mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shakldagi);

• Shaxsiy hisob raqam holati haqida Rossiya pensiya jamg'armasidan belgilangan shaklda ma'lumotnoma;

• 2-Jismoniy shaxslar daromad solig'i ma'lumotnomasi;

• Shaxsiy hisob raqam holati haqidama'lumotnoma.

DYR uchun davlat boji - 5000 rubl. VIR rasmiylashtirmasdan DYR berish to'g'risidagi arizani berish jarayonida xorijiy fuqaro majburiy davlat daktiloskopik registratsiyasidan o'tishi kerak.

Hujjatlarni ko'rib chiqish va qaror chiqarishning umumiy muddati - arizani olgandan boshlab 4 oygacha.

Amal qilish muddati DYR muddati ichida tugaydigan pasport egalari bo'lgan xorijiy fuqarolar, pasportning muddatini cho'zishlari yoki yangi pasportni rasmiylashtirishlari lozim.

RF fuqaroligi

Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga olish shartlari - Rossiya hududida 5 yil davomida to'xtovsiz doimiy yashash (ya'ni doimiy yashash ruxsatnomasi bo'yicha). Fuqarolikka soddalashtirilgan tartibda qabul qilishda DYR bilan yashash muddati 1 yilgacha qisqartiriladi. Xorijiy fuqarolarning alohida guruhlari uchun mazkur shart olib tashlanadi.

Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish jarayoniga asosan, DYR olingandan boshlab Rossiyada 5 yil muddatda istiqomat qilish, mavjud fuqarolikdan voz kechish va daromadning qonuniy manbasini ko'rsatish, quyidagi xorijiy fuqarolar guruhlari uchun majburiy emas:

• RSFSR hududida tug'ilgan va sobiq SSSR fuqaroligiga ega bo'lganlar;

• Rossiya hududida yashovchi, Rossiya fuqarosi bilan kamida 3 yil davomida nikohda bo'lganlar;

• Rossiya fuqaroligida bo'lgan muomalaga layoqatli voyaga yetgan bolalarning ota-onalariga;

• Rossiya fuqarosidan farzandga ega bo'lganlar (rasmiy nikohdan o'tilganlik sharti bilan);

• ota yoki onasi Rossiyada doimiy registratsiyaga ega bo'lgan RF fuqarosi bo'lganlarga;

• professional ma'lumotga ega va 1 yildan ortiq ish stajiga ega mutaxassislarga;

• o'z faoliyatini kamida uch yildan beri olib borayotgan yakka tadbirkor maqomida ega bo'lganlarga (yillik daromadi 10 mln. rubldan ortiq bo'lsa);

• investor maqomiga ega bo'lganlarga (nizom kapitali miqdori kamida 100 mln. rubl, yillik soliq to'lovi 6 mln. rubldan kam emas);

• rus tili ona tilisi bo'lganlarga;

• Vatandoshlarni ko'chirish davlat dasturi ishtirokchilariga;

• Moldova, Belorus, Qozog'iston va Ukraina fuqarolariga.

Siz ona tili rus tili bo'lgan shaxs sifatida tan olinishingiz mumkin, agar:

• rus tilini bilasiz va undan har kuni oilaviy-maishiy va madaniy sohalarda foydalanasiz;

• siz va sizning qarindoshlaringiz to'g'ridan-to'g'ri ko'tariluvchi liniya (ota, ona, bobo, buvi, katta bobo, katta bovi va h.k.) bo'yicha RFda, yoki Rossiya imperiyasi yoki SSSRga tegishli hududda, RF davlat chegarasi doirasida doimiy istiqomat qilishadi yoki istiqomat qilishgan. Mazkur fakt mos hujjatlar va/yoki arxiv ma'lumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim.

Rus tilida so'zlashuvchi fuqarolar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin.