АНО «Содружество народов Евразии»

Департамент молодежной политики Оренбургской области

Politsiya bilan o'zaro munosabatlar

Hujjatlarni tekshirish

Hibsga olingan taqdirda

Rossiyada o'zini tutish qoidalari

Reydlar

Hujjatlarni tekshirish

Hujjatlarni faqatgina o'z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida bo'lgan politsiya xodimlarigini tekshirishlari mumkin. Ular politsiya formasida bo'lishi va o'zida maxsus ko'krak nishoniga (jeton) - uning raqamini eslab qoling yoki yozib oling, ega bo'lishlari lozim. Sizga murojaat qilganida politsiya xodimi o'z unvoni, mansabi, familiyasini aytishi, talabingizga binoan o'z guvohnomasini taqdim qilishi, hujjatlarni tekshirish sababi va maqsadnini tushuntirishi lozim.

Shuni eslab qolingki, uch va undan ortiq miqdordagi ko'chada to'planib turgan shaxslar guruhi politsiya organlarida savol tug'dirishi mumkin. Shuni tushunib olish muhimki, politsiya xodimi Sizni hech narsada ayblamaydi, uning hujjatlaringizni ko'rsatish borasidagi talablari Sizni kamsitmaydi.

Har doimo o'zingiz bilan olib yuring:

• pasport;

• migratsiya kartasi;

migratsiya hisobiga (registratsiya) qo'yilish to'g'risidagi xabarnoma;

ishlash uchun patent, soliq uchun bo'nak to'lovlari to'g'risidagi cheklar bilan birga;

• amaldagi ixtiyoriy (ITS) yoki majburiy (MTS) tibbiy sug'urta polisi.

Mazkur hujjatlarning nusxasisni oling va ularni asl nusxalaridan alohida holda saqlang - agar Siz hujjatlarni yo'qotsangiz, ularni tiklashingiz oson bo'lasi.

Sizning hujjatlaringiz haqiqiyligi borasida politsiya xodimida shubha tug'ilishi mumkin. Bunday holda u Sizdan u bilan birga eng yaqin politsiya bo'linmasiga, hujjatlarni hisob ma'lumotlar bazasidan tekshirish uchun, borishni so'raydi. Agar bu sodir bo'lsa, do'stlaringiz yoki qarindoshlaringizga qo'ng'iroq qiling va ularga qayerdaligingizni va kim bilan gaplashayotganingizni ayting.

ELDA SAQLANG! Pora berish jinoyat hisoblanadi (nafaqat politsiyachi, balki pora berayotgan uchun ham)! Pora sifatida nafaqat pul, balki mahsulot, xizmatlar ham qaralishi mumkin (masalan, bepul yoki past narxda taqdim etilgan ta'mirlash va qurilish ishlari).

Hibsga olingan taqdirda

Ushlangan shaxsda telefon qo'ng'irog'ini amalga oshirish huquqi mavjud.

Ushlanish to'g'risida dalolatnoma tuziladi, unda politsiya xodimi ko'rsatadi:

• dalolatnomani tuzish sanasi, vaqti va joyi;

• dalolatnomani tuzgan politsiya xodimining mansabi, familiyasi va initsiallari;

• ushlangan to'g'risida ma'lumotlar, ushlashning sanasi, vaqti, joyi, asosi va motivlari.

Ushlash dalolatnomasini uni tuzgan politsiya xodimi imzolaydi. Shundan so'ng, agar huquqbuzarliklar aniqlansa, politsiya xodimi tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida dalolatnoma tuzilishi lozim.

Agar dalolatnomada yozilganlar bilan rozi bo'lmasangiz, quyidagilarni yozing: "Dalolatnoma bilan rozi emasman" va sababini ko'rsating. Masalan, "dalolatnomada ko'rsatilgan harakatlarni sodir etmaganim uchun". Agar rus tilini yaxshi bilmasangiz va talabingizga binoan tarjimonni taqdim qilishmasa, Siz buni dalolatnomada yozishngiz mumkin, masalan: "rus tilidagi dalolatnomaning matnini tushunmayman". Siz shuningdek, buni o'z ona tilingizda ham yozishingiz mumkin.

Agar dalolatnomani imzolashdan bosh tortsangiz, politsiya xodimi dalolatnomada bu haqda yozuv kiritadi.

Sizga ushlash to'g'risidagi dalolatnoma nusxasini berishlarini talab qiling - politsiya xodimlari Sizning talabingizga binoan buni amalga oshirishlari lozim.

Ushlash to'g'risidagi dalolatnoma Siz jarima to'lashingiz lozimligini bildirmaydi. Jarima faqatgina sud yoki Rossiya IIVning tuman darajasidagi hududiy organi rahbari qaroriga asosan belgilanishi mumkin. Siz ishning ko'rib chiqilishida shaxsan ishtirok etishingiz va Sizga tushunarli tilda qarorni qo'lingizga olishingiz lozim.

Sud qaroridan oldin fuqaro 48 soatdan ortiq muddatga ushlab qolinishi mumkin ermas. Ushlangan vaqtda himoyachi va agar rus tilini yaxshi bilmasangiz tarjimonni talab qiling.

Politsiya xodimi jarima yoki boshqa to'lovning to'lanishigacha garov sifatida hujjatlarni ushlab qolishga haqli emas - bu noqonuniy!

Agar Sizni noqonuniy ushlab qolishsa, Majburiy saqlash joylaridagi fuqarolarning huquqlarini ta'minlashni nazorat qilish va majburiy saqlash joylaridagi shaxslarga ko'mak berish bo'yicha jamoat nazoratini amalga oshirish bo'yicha Orenburg viloyati Jamoat kuzatuv kengashiga (JKK) murojaat qilking. JKK a'zolari xorijiy fuqarolarni saqlash sharoitlarini tekshirish huquqiga ega, shuningdek, bepul huqiqiy yordam ko'rsatishlari mumkin. JKK manzili: Orenburg sh., Krasnoznamennaya ko'chasi, 5-uy.

Agar Sizni Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga (XFVSM) joylashtirishsa, o'z hujjatlaringizni tezroq tiklanishi uchun hamkorlik qiling. Xorijiy fuqaroning shaxsi va fuqaroligini aniqlash mumkin bo'lmaganda XFVSMda saqlanish 2 yilgacha cho'zilishi mumkin. Albatta, davlatingizning konsullik xizmati bilan bog'laning yoki bepul huquqiy xizmatni olish uchun JKKga murojaat qiling.

Reydlar

Sizning hujjatlaringizni maxsus reydlar vaqtida tekshirishlari mumkin. Politsiya xodimlari pasport, migratsiya kartasi, migratsiya hisobiga (registratsiya) qo'yilish xabarnomasi, tibbiy polisni tekshirishadi. Shuningdek, amaldagi ish joyi hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar bilan mos kelishini tekshirishadi.

Tekshiruv natijasiga ko'ra xodimlar akt tuzishadi va agar huquqbuzarliklar aniqlansa, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida yoki ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida ish qo'zg'atish to'g'risida dalolatnoma tuzishadi. Akt yoki dalolatnomaning bir nusxasini gumon qilinuvchiga topshirishlari lozim.

Migratsiya sohasidagi ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi dalolatnoma faqatgina politsiya xodimlari tomonidan tuzilishi mumkin.

Dalolatnomaning tuzilishi Siz jarima to'lashga majburligingizni bildirmaydi. Sizga, 10 kun davomida sudga e'tiroz bildirishingiz mumkin bo'lgan, ma'muriy huqubuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarorni berishlari lozim.

Politsiya xodimlarining harakatlari haqida shikoyat

Agar politsiya xodimi Sizning huquqingizni buzsa, arizani olishdan bosh tortsa, o'z majburiyatlarini bajarmasa, pora so'rasa yoki kuch ishlatsa, Siz Rossiyaning Orenburg viloyati bo'yicha IIV Boshqarmasi, Orenburg viloyati prokuraturasi, Orenburg viloyati inson huquqlari bo'yicha vakolatli shaxsga yordam uchun murojaat qilishingiz mumkin.

Rossiyada o'zini tutish qoidalari

Agar Siz jinoyatning guvohi yoki qurboni bo'lsangiz, politsiyaga murojaat qiling: 02 - statsionar telefon orqali «102» yoki «112» - mobil telefon orqali.

Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilayotgan har bir xorijiy fuqaro istiqomat qilish davlatining qonunlariga, odatlariga va an'analariga amal qilishi va hurmat qilishi zarur! Ular bilan Rossiyaga kirishdan oldin tanishib olishi zarur.

Politsiya xodimlarining vazifasi - tartib saqlanishi, fuqarolarning millati, etnik, diniy va boshqa kelib chiqishidan qat'iy nazar ularning huquq va erkinliklari amalga oshirilishini ta'minlash.

Hamma uchun eng asosiy qoida - bir-biriga hurmat.

Etnik farqlari: millati, tili, tashqi ko'rinishi, milliy odatlari va xulqining o'ziga xosliklariga qaramasdan, barcha shaxslar umumiy xulq-atvor qoidalariga amal qilishadi. Bizning davlatda milliy yoki diniy kelib chiqishiga qarab odamlarni kamsitish yoki haqorat qilishga yo'l qo'yilmaydi. Bu odamlar o'rtasidagi muomalaning eng muhim qoidalaridandir.

Orenburg viloyatining mehmonlari mahalliy aholining turmush tarzini hurmat qilishlari, sabrli bo'lishlari, qo'pollik qilmasliklari, mahalliy madaniyatga nisbatan manmanlik va kamsitish bilan munosabatda bo'lmasliklari, istiqomat qilish davlatining rahbarlariga nisbatan haqoratomuz fikrlarni oldini olishlari lozim.

Ko'chada o'zini tutishning asosiy qoidasi - atrofdagilarga noqulaylik va noxushliklarni keltirib chiqarmaslik lozim. Shahar ko'chalarida harakat qilish jarayonida o'ng tomondan harakatlanish lozim. Yurish paytida atrofdagi odamlarni turtmaslikka harakat qiling. O'tib ketayorgan shaxslarga qayrilib qaramang va o'girilmang, shuningdek, ularning tashqi ko'rinishini muhokama qilmang. Bir-biringiz yoki telefon orqali balang gapirish bilan atrofdagilarning diqqatini o'zingizga jalb qilmang.

Jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish va tamaki chekish uchun, shuningdek, belgilanmagan joyda axlat tashlash uchun, fuqarolar, shu jumladan xorijiy fuqarolar ham ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Rossiyada notibbiy maqsadlarda nos yoki boshqa narkotik vositalarni tarqatish ta'qiqlanadi. Shifokorlar nosni xavfli narkotik vosita deb topishgan, u o'rganib qolishga olib keladi, o'pka, og'iz, tomoq va oshqozon rakiga olib keladi. Iste'mol qilishning oqibatlari sifatida bosh og'riqlari, hushdan ketish va impotensiya kuzatilishi mumkin.

Shuni bilkish muhimki, ota-onasi bo'lmaganda, begona bolalar bilan gaplashish, shuningdek, ularga qandaydir e'tibor belgilarini, hattoki yaxshi niyatda ham, ko'rsatish mumkin emas.

Jamoat transportida bo'la turib shoshilmang, atrofdagilarni yitalamang, qariyalarga, imkoniyati cheklangan shaxslarga, homilador ayollarga va bolalarga joy bering. Islof kiyim va oyoq kiyimida jamoat transportiga chiqish odobdan emas. Biror-bir yo'lovchini Iflos qilishi yoki jarohat yetkazishi mumkin bo'lgan ranglovchi, suquluvchi, kesuvchi narsalarni tashish mumkin emas.

Atrofdagilarga doimo xus muomala va e'tiborli bo'ling! Esda saqlang, sizning tashqi ko'rinishingiz va xulqingizga qarab bizning davlatimizga baho berishadi!

Muhim kontaktlar

Rossiya IIV Orenburg viloyati bo'yicha boshqarmasi:

Rossiya Orenburg viloyati bo'yicha IIVB Migratsiya masalalari bo'yicha boshqarmasi:

Rossiya IIV FDUK "Pasport-viza xizmati" Orenburg viloyati bo'yicha filiali:

Orenburg viloyati Prokuraturasi:

Navbatchi prokuror:

DAT "Orenburg davlat va munitsipal xizmatlarni ko'rsatish bo'yicha ko'pfunksional markazi":