Департамент молодежной политики Оренбургской области
Menu
Tibbiy yordam
ITS, MTS
COVID-19
Tibbiy yordam olish
Tez tibbiy yordamni olish uchun mobil telefon orqali 103 yoki 112 ga qo'ng;iroq qiling. Koronavirus bo'yicha ma'lumot olish uchun yagona telefon raqami - 122.
Hayot va sog'lig'ingiz uchun xavf bo'lgan hollarda Sizga BEPUL tibbiy yordam ko'rsatishlari shart, hattoki sizda tibbiy polis va hujjatlar bo'lmasa ham!
Xorijiy fuqarolar tibbiy sug'urta polisiga ega bo'lishga majbur, aks holda Sizga jarima solishlari yoki hattoki Rossiyadan deport qilishlari mumkin!
• MTS (majburiy tibbiy sug'urta mehnat shartnomasi bilan ishlayotganlarga bepul rasmiylashtiriladi).
ITS
ITS polisi sug'urta kompaniyalari idoralarida yoki "Pochta Rossii" bo'limlarida rasmiylashtiriladi va quyidagi huquqni beradi:
• poliklinika, kasalxonada tezkor tibbiy yordam;
• tez va kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam;
• ITS shartnomasida nazarda tutilgan boshqa xizmatlar.
ITS polisining narxi unda ko'rsatilgan tibbiy xizmatlar va amal qilish muddatiga bog'liq. Eng arzon ITS polisi, odatda, davlat poliklinika va kasalxonalarida tez va kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam xizmatlari narxini qoplaydi.
Polisni xarid qilishda sug'urta kompaniyasi taklif qilayotgan xizmatlar ro'yxatini diqqat bilan o'rganib chiqing va sizni qiziqtiruvchi savollarni bering - qaysi xizmatlarni olib bilasiz, qaysi tibbiy muassasalarda ularni olib bilasiz, xizmatni necha marta olib bilasiz, muammo yuzaga kelish vaqtida kompaniya bilan qanday bog'lanish mumkin va h.k. Masalan, stomatologik yordam faqatgina u sug'urtalash dasturida ko'rsatilgan bo'lsagina qoplab berilishi mumkin. Mazkur savollarni darhol, xarid vaqtida aniqlashtirib olish lozim. Bu sizga tibbiy muassasaga murojaat vaqtida tushunmovchiliklarning oldini olishga yordam beradi.
Bolalar-xorijiy fuqarolar uchun ITS polisi, odatda, kattalarning tibbiy sug'urtasidan ko'ra qimmatroq turadi. Ayniqsa, chaqaloq va yangi tug'ilgan bolalar uchun qimmat ITS polislari nazarda tutilgan. ITS polisini, shuningdek, maktabga qabul vaqtida ham so'rashlari mumkin.
MUHIM! bolalarga tez tibbiy yordam har qanday vaziyatda ham bepul ko'rsatiladi!
Agar ayol homiladorlik va tug'ruq vaqtida rejalashtirilgan tibbiy yordamni olishni xohlasa, u ITSni rasmiylashtirish vaqtida buni aytishi kerak, chunki bunda maxsus sug'urtalash dasturi talab qilinadi.
ITS polisini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar kerak:
• pasport va pasportning notarial tasdiqlangan tarjimasi;
• migratsiya kartasi va uning nusxasi;
• migratsiya hisobiga qo'yish haqida xabarnoma (registratsiya) va uning nusxasi.
Agar Siz ITS polisini ish beruvchi orqali rasmiylashtirsangiz, qo'shimcha ravishda Sizga korxona rahbaridan imzo qo'yish huquqi bilan ishonchnoma kerak bo'lasi.
Esda tuting, ITS polisi, ish uchun hujjatlar kabi, u berilgan hududda amal qiladi.
MTS
Siz MTSni quyidagi hollarda rasmiylashtira olasiz:
• YeOIIga (Armaniston, Belorus, Qozog'iston, Qirg'iziston) kiruvchi davlat fuqarosi va mehnat shartnomasi bo'yicha ishlaysiz.
• vaqtinchalik boshpana berish to'g'risida guvohnoma;
• qochoq guvohnomasi.
MTS polisini rasmiylashtirish uchun tibbiy sug'urta tashkilotini tanlash lozim - buni yashash joyidagi poliklinikada amalga oshirish mumkin.
MTS polisini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar kerak:
• pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
• Shaxsiy hisob raqami sug'urta raqami (ShHRSR);
• Mehnat shartnomasi;
• migratsiya kartasi;
• kelish to'g'risidagi xabarnomaning (registratsiya) qirqiladigan qismi yoki istiqomat joyi va muddati ko'rsatilgan nusxasi.
Rossiyada mehnat qilayotgan YeOII fuqarolariga MTS polisi qog'oz ko'rinishida beriladi. va u kalendar yili oxirigacha, ammo mehnat shartnomasi muddatidan uzoq emas, amal qilish muddatiga ega.
O'z mehnat shartnomasiga ega bo'lmagan YeOII fuqarolarining oila a'zolari, MTSni olishga haqli emas va o'zlari uchun ITSni rasmiylashtirishlari lozim.
Sizga MTS yoki ITS polisini bergan sug'urta tashkilotining nomi va telefon raqamini, albatta, saqlab qo'ying: agar Siz polisingizni yo'qotib qo'ysangiz, sug'urta tashkilotiga murojaat qilib uni tiklashingiz, yoki agar tez tibbiy yordam talab qilinsa, uning rasmiylashtirilganligini tasdiqlashingiz mumkin.
Sug'urta polisni yo'qotib qo'yish xavfi borligi uchun nusxasini olib qo'yish foydali.

COVID-19 koronavirus virusi shamollashga o'xshagan xavfli kasallikni keltirib chiqaradi, ammo xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin va hattoki o'limga ham, shamollash, nafas olish va ovqat-hazm qilish tizimini zararlashi tufayli.
Asosiy xavf guruhi - 65 yoshdan katta insonlar, ammo bolalar ham, yoshlar ham va o'rta yoshdagi insonlar ham og'ir kasal bo'lishlari mumkin. Virus odamdan-odamga - yo'talish va aksirish, shuningdek, teginish orqali yuqadi.
Asosiy belgilar: baland harorat, quruq yo'tal, hansirash, mushaklardagi og'riq, tez charchash, bosh og'rig'i, ba'zan - ko'krakdagi og'riq, diareya, ko'ngil aynishi, qusish. Belgilar zararlanishdan so'ng 14 kun ichida paydo bo'lishi mumkin va ko'pincha, oddiy shamollash yoki grippga o'xshaydi.
Koronavirusdan qanday himoyalanish mumkin:
• jamoat joylariga faqatgina tibbiy niqob va qo'lqoplarda tashrif buyurish;
• iflos qo'llar bilan yuzga tegilmaslik;
• kasallar bilan muomaladan tiyilish;
• qo'llarni yaxshilab yuvish (kamida 30 soniya);
• siz yoki boshqa insonlar qo'l tekkizishi mumkin bo'lgan yuza va predmetlarni dezinfeksiyalash va sovun bilan yuvish;
• boshqa insonlarga teginmaslik, qo'llarni siqmaslik.
Pandemiya sharoitida xorijiy fuqarolarning RFda istiqomat qilishining maxsus huquqiy rejimi to'g'risidagi ma'lumotlar va profilaktiva, hamda davolanish choralari bilan bog'liq tibbiy axborotlar bilan стопкоронавирус.рф sahifasida tanishishingiz mumkin.
Emlanish shartlari:
• Rossiyada VIR va DYRga ega xorijliklar uchun - emlanish bepul, ammo MTSni (majburiy tibbiy sug'urta) taqdim etish sharti bilan.
Emlanish uchun quyidagilarga ega bo'lish lozim:
• pasport;
• Rossiyada qonuniy istiqomat qilish uchun asos bo'luvchi hujjat: DYR yoki VIR;
• ishlash uchun patent (Armaniston, Qirg'iziston, Belorus, Qozog'iston fuqarolari uchun bunday hujjatlar kerak emas).
Emlanishdan oldin ixtiyoriy rozilikni imzolash va so'rovnomani to'ldirish lozim.
Emlanishi kerak bo'lgan ishchi-migrantlarning ro'yxatini ish beruvchi tuzadi, qaysikim, pullik tibbiy xizmat ko'rsatishga shartnomna tuzadi va ularni to'laydi.
Mustaqil ravishda pullik emlanish bo'limida, pullik tibbiy xizmat uchun shartnoma tuzgan holda emlanish mumkin. To'lov faqatgina naqd bo'lmagan usulda amalga oshiriladi. Emlanishdan so'ng xorijliklarga, shuningdek, emlanish to'g'risida sertifikat beriladi.
Orenburg shahrida oldindan yozilmasdan turib faqatgina savdo majmualarida emlanish mumkin:
• Megamoll «Armada» (Sharlikskoye shossesi, 1, «Galereya yedi». Ishlash rejimi: dush-yak, 11.00 dan 17.00 gacha;
• «Kit» SM (Salmishskaya, 71, 2-qavat, batut bog'i yaqinida). Ishlash rejimi: dush-yak, 11.00 dan 17.00 gacha.
Shahar va tuman kasalxona va poliklinikalarida emlanishni oldindan yozilgan holda amalga oshirish mumkin. Shuningdek, emlanishga 122 yoki Davlat xizmatlari portali orqali yozilish mumkin.
Emlanishdan so'ng QR-kodDavlat xizmatlari portali shaxsiy sahifasiga kelib tushadi.