АНО «Содружество народов Евразии»

Департамент молодежной политики Оренбургской области

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligini buzish uchun javobgarlik

Migratsiya qonunchiligini buzish

Ekstremizm va terrorizm uchun javobgarlik

Migratsiya qonunchiligini buzish

Migratsiya sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun xorijiy fuqarolarga qattiq javobgarlik belgilangan. Siz Rossiya qonunchiligiga qat'iyan amal qilishingiz va har qanday qonunbuzarlikning oldini olishingiz lozim!

Rossiyaga kirish uchun ta'qiq

Sizni RFga kiritmasliklari mumkin, agar: tibbiy sug'urta polisi bo'lmasa yoki yopilmagan sudlanganlik bo'lsa, yoki Rossiyada to'lanmagan qarzlar, soliqlar yoki jarimalar bo'lsa.

RFga kirish 3 yilga ta'qiqlanadi, agar Siz:

180 sutkalik vaqt davomida, Rossiyada, ishlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylkashtirmasdan 90 sutkadan ortiq vaqtdavomida istiqomat qilgan bo'lsangiz;

2 yoki undan ko'p marta har qanday turdagi ma'muriy huquqbuzarlikka yo'l qo'ygan bo'lsangiz, va 3 yil davomida ular uchun jarima solingan bo'lsangiz;

• RF hududida istiqomat qilishning qonuniy muddatini 30 sutkadan ortiq vaqt davomida oshirgan bo'lsangiz.

RFga kirish 5 yilga ta'qiqlanadi, agar Siz:

• 1 yil davomida migratsiya rejimini 2 va undan ko'p marotaba buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo'lsangiz;

• RFda 180 dan 270 sutkagacha noqonuniy istiqomat qilgan bo'lsangiz RFdan chiqarilish vaqtidan boshlab.

RFga kirish 10 yilga ta'qiqlanadi, agar Siz:

• RFda 270 sutkadan ortiq vaqt davomida noqonuniy istiqomat qilgan bo'lsangiz.

Migratsiya hisobiga qo'yish yoki ishga joylashish vaqtida vositachilarga murojaat qilgan bo'lsangiz va Sizga soxta hujjatlar rasmiylashtirishgan bo'lishsa, Siz RFga kirish uchun ta'qiq ostiga tushishingiz mumkin!

Migratsiya liniyasi bo'yicha sizga ta'qiq qo'yilganligini Rossiya aviakompaniyalarining vakolatxonalarida, yoxud Rossiyaning Orenburg viloyati bo'yicha IIVB sahifasida bilib olishingiz mumkin (56.мвд.рф).

Agar Sizni davlat hisobidan deportatsiya qilishgan yoki chiqarib yuborishgan bo'lishsa, Siz mazkur xarajatlarni qoplab berishingiz lozim bo'ladi, aks holda kirish uchun ta'qiq muddati tugandan so'ng ham sizni davlatga kiritishmaydi.

Kirish taqiqini bekor qilish

Rossiyaga kirish uchun ta'qiq quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

• Siz qonun bilan belgilangan muddatlarda Rossiyadan kasalligingiz, bemoq qarindoshingizga g'amxo'rlik qilganingiz yoki boshqa favqulodda holatlar tufayli chiqib keta olmaganingizni isbotlab bersangiz;

• agar oilangiz a'zolari - RF fuqarolari (er/xotini, bolalari) bo'lishsa;

• migratsiya amnistiyasi - amnistiya o'tkazish shartlari va muddatlari RF va kelib chiqish davlati o'rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi;

• qaror xatolik tufayli chiqarilgan bo'lsa;

• kirishga ta'qiq muddatining tugashi;

• kirishga ta'qiq sababining bartaraf etilishi.

Rossiya Federatsiyasiga kirishga ta'qiq bo'yicha qarorni, u chiqarilgan organga, uning hududiy tegishliligini nazarda tutganb holda, murojaat qilgan holda bekor qilish mumkin.

Kirishga ta'qiqni qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi arizani elektron ko'rinishda, Rossiya IIV sahifasidagi shakldan foydalangan holda (мвд.рф/геquest_main) jo'natish, yoki Rossiyaning Orenburg viloyati bo'yicha IIVB Migratsiya masalalari bo'yicha boshqarmasiga yoxud Rossiyaga kirishga ta'qiq o'rnatgan boshqa politsiya bo'linmasiga yo'naltirish mumkin. Arizaga kirishga ta'qiqni bekor qilish uchun asosni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilish zarur: RF fuqarosi bo'lgan bolalarining tug'ilish guvohnomasi, nikoh guvohnomasi, kasallik to'g'risida ariza va boshqalar.

RFga kirishga ta'qiq bo'yicha qarorni qayta ko'rib chiqishni rad qilinishi ustidan, kirishga ta'qiq o'rnatgan Migratsiya masalalari bo'yicha boshqarma joylashgan manzil bo'yicha sudga murojaat qilish mumkin. Da'vo arizasini shaxsan yoki qonuniy vakil, yoxud advokat orqali yo'naltirish mumkin.

Ma'muriy javobgarlik

Sizdan 5000-7000 rubl miqdoridagi jarimani undirishlari va Rossiyadan chiqarib yuborishlari mumkin, agar siz:

• registratsiyani rasmiylashtirmagan bo'lsangiz (migratsiya hisobiga qo'yilish tog'risidagi xabarnoma);

• politsiya tomonidan ushlanish paytida zarur hujjatlarning yo'qligi;

• migratsiya kartasida kirishning soxta sababini ko'rsatish;

• zarur hujjatlarsiz yoki patentda ko'rsatilmagan mutaxassislik bo'yichaishlagansiz;

• migratsiya hisobiqa qo'yilish paytida yolg'on ma'lumotlarni ko'rsatgansiz.

Migratsiya sohasidagi ma'muriy huquqbuzarlik uchun jazoni sud aniqlaydi. Sud majlisida himoyachi xizmatlaridan foydalanish huquqiga egasiz. Sizning talabingizga asosan Sizni tarjimon bilan ta'minlashlari zarur. Sud qarori Sizga tushunarli tilda taqdim etilishi lozim. Siz yozma qarorni olganingizdan so'ng 10 kun ichida sud qarori ustidan shikoyat qilish huquqiga egasiz.

Rossiyadan chiqarib yuborilish xorijiy fuqaro hisobidan, mustaqil chiqib ketish yo'li bilan, RF IIV Orenburg viloyati bo'yicha MMBni xabardor qilgan holda amalga oshirilishi mumkin.

Agar sizda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bo'lmasa, yoki registratsiya bo'lmasa, yoki Siz takroran huquqbuzarlikni amalga oshirgan bo'lsangiz, sud sizni XFVSMga (xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi) joylashtirish to'g'risida qaror chiqarishi mumkin.

Agar Sizni XFVSMga joylashtirishsa - o'z hujjatlaringizning mumkin qadar tezroq tiklanishi uchun hamkorlik qiling: xorijiy fuqaroning shaxsi va fuqaroligini aniqlash mumkin bo'lmaganda XFVSMda saqlanish 2 yilgacha cho'zilishi mumkin. Albatta, davlatingizning elchixonasi yoki konsulligi bilan bog'laning.

Rossiya IIV Bo'linmasi Belyayevskiy tumani bo'yicha XFVSM manzili: Belyayevskiy tumani, Alabaytal qishlog'i, Kamchatka ko'chasi, 5-uy. Telefon: 8 (3532) 79-50-31, 79-50-32.

XFVSMga joylanish holatida Sizga Jamoat kuzatuv kengashi (JKK) yordam ko'rsatishi mumkin. JKK manzili: Orenburg sh., Krasnoznamennaya ko'chasi, 5-uy. JKK a'zolari xorijiy fuqarolarni saqlash sharoitlarini tekshirish huquqiga ega, shuningdek, bepul huqiqiy yordam ko'rsatishlari mumkin.

Jinoiy javobgarlik

Soxta hujjatlardan foydalanish va ularni tayyorlash uchun xorijiy fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Hujjatni soxtalashtirish 2 yilgacha muddatga ozoqlikdan mahrum qilish yoki cheklash bilan jazolanadi. Soxta hujjatlardan foydalanish 80 ming rublgacha jarima yoki 6 oygacha xibsga olish bilan jazolanishi mumkin.

RF chegarasining, o'zining munosabatida kirishga ta'qiqning chiqarilganligidan xabardor xorijiy fuqaro tomonidan kesib o'tilishi 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 300 ming rublgacha jarima bilan jazolanadi.

Ekstremizm va terrorizm uchun javobgarlik

Rossiya Federatsiyasida ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun jinoiy va ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan.

Ekstremistik ko'rinishidagi huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik:

• natsizm atribut yoki belgilarini, yoki ekstremistik tashkilotlarning atribut yoki belgilarini, yoki Rossiya qonunlari bilan targ'ibot yoki ochiqdan-ochiq namoyish qilish ta'qiqlangan atribut yoki belgilarni targ'ibot, yoki ochiqdan-ochiq namoyish qilish (jarima, yoki 15 sutkagacha xibsga olish);

• nafrat yoki adovatni qo'zg'atish, va shu bilan inson qadr-qimmatini poymol qilish (jarima, yoki 15 sutkagacha xibsga olish);

• ekstremistik materiallarni tayyorlash va tarqatish (jarima, yoki 15 sutkagacha xibsga olish).

Terroristik xususiyatdagi jinoyatlarni sodir etish uchun jinoiy javobgarlik:

• terroristik aktni sodir etish (10 yildan 20 yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish);

• terroristik faoliyatga yordam berish (1 million rublgacha jarima bilan 8 yildan 20 yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish);

• terroristik faoliyatni amalga oshirishga ochiqdan-ochiq da'vat qilish yoki terrorizmni ochiqdan-ochiq oqlash (1 million rublgacha jarima yoki 2 yildan 7 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish);

• shaxslarni garovga olish (5 yildan 20 yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish);

• terroristik akt to'g'risida oldindan yolg'on xabar berish (2 million rublgacha jarima yoki 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish);

• noqonuniy qurollangan guruh tashkil qilish yoki unda ishtirok etish (8 yildan 20 yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum qilish).

Ekstremistik xususiyatdagi jinoyatlarni sodir etish uchun jinoiy javobgarlik:

• ektremistik faoliyatni amalga oshirishga ochiqdan-ochiq da'vat qilish (5 yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum qilish);

• nafrat yoki adovatni qo'zg'atish, va shu bilan inson qadr-qimmatini poymol qilish (6 yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum qilish);

• ekstremisitk jamoatni tashkil qilish (12 yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum qilish);

• ekstremistik tashkilot faoliyatini tashkil qilish (10 yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum qilish);

• ekstremisitk faoliyatni moliyalashtirish (10 yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum qilish).

Agar Sizga kimdir radikal islom to'g'risidagi suhbatlar bilan murojaat qilsa, dinning noan'anaviy oqimlari to'g'risidagi jurnal va kitoblarni o'qishni yoki uchrashuvlarda ishtirok etishni taklif qilsa, yoki siz tayyorgarlik ko'rilayotgan terroristik akt yoki jinoyat to'g'risida xabardor bo'lib qolsangiz, zudlik bilan bu haqda Federal xavfsizlik xizmatiga (FXX) federal telefoni orqali 8-800-224-22-22 (qo'ng'iroq Rossiya hududida bepul) yoki Orenburg viloyati bo'yicha FXX boshqarmasiga.

Muhim kontaktlar

Rossiya IIV Orenburg viloyati bo'yicha boshqarmasi:

Orenburg viloyatida inson huquqlari bo'yicha vakolatli shaxs:

Orenburg viloyati bo'yicha FXX boshqarmasiga:

Orenburg viloyati Prokuraturasi:

Navbatchi prokuror: