Департамент молодежной политики Оренбургской области
Menu
Rossiyada ta'lim olish
Bolalar bog'chasi, maktab
O'rta va oliy ta'lim
Bolalar bog'chasi, maktab
Huquq va majburiyatlar
Xorijiy fuqarolar, ham Rossiya fuqarolarining bolalari, bolalar bog'chasiga bepul qatnashlari va maktabda o'qishlari mumkin.
Bolalar Rossiyada qonuniy asosda istiqomat qilishlari, ya'ni migratsiya kartasi va registratsiyaga ega bo'lishlari (migratsiya hisobida bo'lishlari) lozim.
Mehnat qilayotgan migrantlar - YeOII davlatlari (Armaniston, Belorus, Qozog'iston, Qirg'iziston) fuqarolarining bolalari - Rossiyada ota-onasining mehnat shartnomasi asosida va uning amal qilish muddatlarida istiqomat qilishadi.
Maktab yoshidagi bolalari bor ota-onalar qonunchilikka asosan bolalarini maktabga berishga majbur!
Xorijiy fuqarolarning 18 yoshga to'lmagan bolalari RFda ishlashga haqli emas!
Bolalar ota-onalarining vaqtincha istiqomat qilish manzili (migratsiya hisobi/registratsiya) bo'yicha bolalar bog'chasi va maktabga joylashtirilishi lozim. Bolalar bog'chasi yoki maktabning birinchi sinfiga kirish uchun registratsiya manzili bo'yicha ko'p funksional markaz - KFMga murojaat qilish lozim.
Maktabga kirish uchun mahalliy ta'lim boshqarmasi (bo'limiga) murojaat qilish lozim. Sizning yashash joyingizdagi ta'lim boshqarmasining (bo'limi) aloqalarini Orenburg viloyati Ta'lim vazirligi sahifasi "Hududiy organlar" bo'limida topish mumkin (minobr.orb.ru/about/territorial).
Bolangizni bolalar bog'chasi va maktabga oldindan joylashtirishni maslahat beramiz: keyingi yil uchun maktab birinchi sinfiga va bolalar bog'chasiga o'quvchilarni yig'ish fevral-aprelda boshlanadi; boshqa singlarga - aprel-mayda.
Yirik shahar va aholi punktlarida ko'pincha bolalar bog'chalarida joy etishmaydi, shuning uchun navbatlar shakllanadi va guruhdagi bitta joyga bir nechta talabgor bo'lishi mumkin. Agar Sizning bolalar bog'changizda joy yetishmasa, Sizning bolangiz bolalar bog'chasiga olinish uchun navbatga qo'yiladi yoxud bo'sh joy bo'lgan boshqa bolalar bog'chasiga yo'naltiriladi.
Quyidagi xorijiy fuqarolarning bolalari bolalar bog'chasiga joylashtirish uchun birlamchi huquqqa ega:
Agar ota-ona maktabga murojaat qilib rad javobini olsa, tuman ta'lim bo'limiga murojaat qilish lozim, ular tumanning maktablaridan birida joy berishga majbur.
Maktabga joylashtirishda ba'zi-bir hollarda bola o'qituvchi bilan suhbatdan o'tadi va u qaysi sinfga o'qishga borishini hal qiladi. Agar rus tili bo'yicha bilimi yetrali emasligi tufayli o'qituvchilar, pastgi sinfga borishni taklif qilishsa, bu qo'rqinchli emas.
Bolani maktab va bolalar bog'chasiga joylashtirish uchun zarur hujjatlar (asl nusxalari va nusxalari):
• bolaning pasporti va ota-onadan birining pasporti;
• bolaning tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasi;
• bola va ota-onadan birining migratsiya kartasi;
• bola va ota-onadan birining (shu jumladan, bola maktabga yoki bolalar bog'chasiga boradigan tuman uchun) migratsiya hisobiga qo'yilish to'g'risidagi xabarnomasi (registratsiya);
• bolada allaqachon bo'lgan tibbiy kartasi;
• 026 tibbiy kartasi va emlanishlar to'g'risidagi sertifikat (bolalar tibbiy klinikalarida pullik tarzda rasmiylashtiriladi);
• bolaning avvalgi maktabidan shaxsiy ishi (agar u o'qigan bo'lsa).
Odatda, hujjatlarning rus tiliga notarial tarzda tasdiqlangan tarjimasi talab qilinadi, ba'zan bolaning tibbiy polisini talab qilishlari mumkin.
Agar bola maktabda o'qishga tayyor bo'lmasa, rus tilini yaxshi bilmasa, bolalar bilan muomalasi qiyin bo'lsa, "Rus tili darslari" dasturini amalga oshirayotgan bolalar kutubxonalariga murojaat qilish mumkin.
Bolani maktab va bolalar bog'chasiga joylashtirish uchun zarur hujjatlar (asl nusxalari va nusxalari):
• bolaning pasporti va ota-onadan birining pasporti;
• bolaning tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasi;
• bola va ota-onadan birining migratsiya kartasi;
• bola va ota-onadan birining (shu jumladan, bola maktabga yoki bolalar bog'chasiga boradigan tuman uchun) migratsiya hisobiga qo'yilish to'g'risidagi xabarnomasi (registratsiya);
• bolada allaqachon bo'lgan tibbiy kartasi;
• 026 tibbiy kartasi va emlanishlar to'g'risidagi sertifikat (bolalar tibbiy klinikalarida pullik tarzda rasmiylashtiriladi);
• bolaning avvalgi maktabidan shaxsiy ishi (agar u o'qigan bo'lsa).
Odatda, hujjatlarning rus tiliga notarial tarzda tasdiqlangan tarjimasi talab qilinadi, ba'zan bolaning tibbiy polisini talab qilishlari mumkin.
Agar bola maktabda o'qishga tayyor bo'lmasa, rus tilini yaxshi bilmasa, bolalar bilan muomalasi qiyin bo'lsa, "Rus tili darslari" dasturini amalga oshirayotgan bolalar kutubxonalariga murojaat qilish mumkin.
RF chegarasidan o'tishda migratsiya kartasida kelish maqsadida "o'qish" sababini ko'rsating. Agar sirtqi yoki kechki shaklda o'qimoqchi bo'lsangiz, bunda RFda doimiy ishlashni rejalashtirayotgan bo'lsangiz - unda kelish maqdadida "ish" ni ko'rsatish lozim.
Har bir xorijiy fuqaro Rossiyaga kelganida amalda istiqomat qilish manzili bo'yicha migratsiya hisobida turishi kerak. Kelish to'g'risidagi xabarnoma, sizning Rossiyada qonuniy istiqomat qilishingizni tasdiqlovchi hujjatdir.
Xorijiy fuqaro istiqomat manzili bo'yicha 7 ish kunidan kechiktirmasdanmigratsiya hisobida turishi kerak; YeOII a'zolari bo'gan davlatlar fuqarolari (Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston) - 30 kun; Tojikiston fuqarolari - 15 kun; Belorusiya va Ukraina fuqarolari - 90 kun ichida.
Migratsiya hisobida turishni qanday rasmiylashtirish lozim:
• Agar yotoqxonada tursangiz - yotoqxona komendanti yoki O'quv muassasangizning xorijiy talabalar bilan ishlash bo'limiga murojaat qiling.
• Agar ijaraga olingan xonadonda istiqomat qilsangiz, uy-joy egasi yoki ijaraga beruvchisiga murojaat qiling va Rossiya IIV tuman darajasidagi hududiy organi migratsiya masalalari bo'yicha bo'linmasida migratsiya hisobida turishni rasmiylashtiring.
Sirtqi va kunduzgi ta'lim shaklida ta'lim olayotgan xorijiy talabalar migratsiya hisobining muddati, ta'lim muassasasining iltimosiga binoan ta'limning davriga mos ravishda muntazam cho'zib boriladi.
MUHIM! Migratsiya hisobiga qo'yilishni har safar Rossiyaga kirib kelishda va Rossiyada amalda istiqomat qilish manzilining o'zgarishida rasmiylashtirish zarur.
Agar sizga Rossiya hududida bo'lish uchun viza kerak bo'lsa:
Vizani cho'zish - bu sizning Rossiya hududida qonuniy istiqomat qilish muddatingizni 1 yilgacha muddatga cho'zish imkoniyatidir. Ish va o'qish uchun bir martalik va ko'p martalik vizalarni cho'zish mumkin. Vizani cho'zish uchun sizdan hujjatlarning to'liq to'plamini tayyorlash va amaldagi viza muddati tugashidan kamida 20 kalendar kun oldin Rossiyaning Orenburg viloyati bo'yicha IIVB Migratsiya masalalari bo'yicha boshqarmasiga shaxsan topshirish talab etiladi.
Migratsiya hisobi yangi viza olgandan so'ng xorijiy fuqaroning istiqomat qilish (yashash) joyi bo'yicha ko'p martalik vizaning amal qilish muddatiga cho'ziladi. Migratsiha hisobini cho'zish uchun hujjatlar yangi viza olinganidan so'ng keyingi ish kunida topshirilishi lopzim.
Agar sizga Rossiya hududida istiqomat qilish uchun viza talab qilinmasa, migratsiya hisobi Rossiyaga kirish sanasidan boshlab 1 yilgacha cho'zilishi mumkin. Migratsiya hisobini cho'zish uchun sizdan to'liq hujjatlar to'plamini tayyorlash va kelish to'g'risidagi birlamchi xabarnoma muddati tugashidan kamida 30 kalendar kuni oldin topshirish talab qilinadi. Agar yotoqxonada tursangiz, yotoqxona kamendantiga murojaat qiling. Agar ijaraga olingan xonadonda istiqomat qilsangiz, uy-joy egasi yoki ijaraga beruvchisiga murojaat qiling - migratsiya hisobini cho'zish Rossiya IIV tuman darajasidagi hududiy organi migratsiya masalalari bo'yicha bo'linmasida amalga oshiriladi.
MUHIM! Migratsiya hisobini cho'zish bilan birgalikda migratsiya kartasi ham cho'zilishi kerak. Sizdan hujjatlaringizning muddatlarini tekshirib borishni va taqdim qilish uchun hujjatlar to'plamini oldindan tayyorlashni so'raymiz.
Pandemiya sharotida xorijiy fuqaro-talabalarning Rossiya Federatsiyasi hududida kirish tartibi:
Orengurg viloyatining oliy o'quv yurtlariga kelayotgan xorijiy fuqaro-talabalar Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishdan uch kalendar kunidan ortiq bo'lmagan muddatda va Rossiya Federatsiyasi hududida kirgandan so'ng 72 soat ichida PSR usuliga COVID-19 ga tekshiriladi.
Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishdan oldin va keyin topshirilgan salbiy PSR-testini tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
Rossiya Federatsiyasiga kirishdan so'ng PSR usulida COVID-19 ga topshirilgan tekshirish laboratoriya natijalari chiqquncha, o'z-o'zini yakkalash rejimiga amal qilinadi.
Shunday qilib, xorijiy fuqaro-talabalar o'quv jarayoniga faqatgina ikkita salbiy PSR usulidagi COVID-19 ga test natijalari bo'lgandagina kiritiladi.
Isitqomat qilish manzili o'zgarganda va/yoki davlat ichida sahoyat qilinganda migratsiya hisobi
Rossiyaning barcha mehnonxona, otel va hostellari ularda istiqomat qilayotgan, hattoki mehmon bir kunga kelgan bo'lsa ham, xorijiy fuqarolarni migratsiya hisobiga qo'yishga majbur. Shunday qilib, agar siz mehmonxona yoki xostelda qolsangiz, sizning yotoqxona yoki xonadondagi joriy migratsiya hisobi taloningiz avtomatik tarzda bekor qilinadi. Qaytgandan so'ng istiqomat qilish manzili bo'yicha migratsiya hisobini qaytib rasmiylashtirish lozim.
Kasalxonaga yotish holatida ba'zi-bir tibbiyot muassasalari istiqomat manzili bo'yicha migratsiya hisobini rasmiylashtirishlari mumkin. Tibbiyot muassasasini tark etishdan oldin, tibbiyot muassasasi xodimlaridan migratsiya hisobiga qo'yilishni aniqlashtiring - sizga migratsiya hisobining yangi talonini taqdim etishadi.
Ishga joylashuv:
Xorijiy fuqarolar agar ular o'n sakkiz yoshga to'lgan bo'lsalar, ishga ruxsatnomalari yoki patenti bo'lsa, mehnat faoliyatini olib borishga haqlidirlar.
Biroq, mazkur tartib xorijiy talabalarga tadbiq etilmaydi:
• ta'til davomida ishlarni bajarayotgan (xizmat ko'rsatayotgan);
• o'qishdan bo'sh vaqtda, o'zlari ta'lim olayotgan ta'lim muassasalarida ishlashsa;
• o'qishdan bo'sh vaqtda ishlasa.
Qozog'iston, Qirg'iziston, Armaniston, Belorus davlatlari fuqarolari bo'lgan talabalar istalgan vaqtda patentsiz va ishlashga ruxsatnomasiz ishlashga haqli (asos - YeOII kelishuvi).